Profile Photo

Javohir NabijonovOffline

    • Profile picture of Javohir Nabijonov

      Javohir Nabijonov

      2 months, 3 weeks ago

      Mening eng yaqin do’stim (2006)
      My Best Friend (Mon meilleur ami)

      Tungi soat 2:47 hozirgina “Mening eng yaqin do’stim” deb nomlangan fransiya filmini tomosha qilib bo’ldim. Ochig’i nima deyishga ham hayronman lekin bu film meni ham kuldirdi ham yig’latdi. Filmda Fransua ismli bir kishi bo’ladi yoshi 40 lar atrofida eski antikvar narsalar oldi sotdisi bilan shug’ullanadigan. Uni tanishlari juda ham ko’p kuniga 15 talab odamlar bilan ko’rishar lekin uni chin va yaqin do’sti bo’lmasdi. Bir kuni u shu borasida hamkasbi bilan baxslashib qoladi. So’nggi 10 kun ichida eng yaqin do’sti kimligini aytishi kerak bo’ladi. Qahramonimiz Fransua esa tezda ro’yxat tuza boshlaydi. Ro’yxat foyda bermaydi sababi undagi yozgan hech bir odam u bilan do’stlashmaydi. Va u bir taksist bilan uchrashib qoladi uni ismi Bryuno bo’ladi. Qisqa qilaman. Do’stimiz Fransua nima qilsa ham o’xshamaydi u hech kim bilan do’st bo’la olmaydi. Oxiri tushunib yetadiki haqiqiy do’sti uni burnini tagida turgan bo’ladi bu ham bo’lsa Bryuno. Film oxirida ular birga bo’lishadi. Menimcha bu filmni hamma tomosha qilishi kerak! Sababi biz ham haqiqatdan o’ylab ko’rishimiz kerak. Chindan ham yaqin do’stimiz bormi yoki ular shunchaki tanishlarmi.

      Filmdan eng kuchli iqtibos :
      -tungi 3 da qo’ng’rioq qiladigan odamingiz bormi?
      -yo’q
      -ahvolingiz juda ham yomon bo’lsa ham a?
      -yo’q, unaqasi yo’q
      -tungi 3 da qo’ng’iroq qiladigan odamingiz bo’lmasa ahvolingiz ancha yomon.

      Ask from FriendSpace AI
      +1
      1 Share
      Profile Photo liked this

    Friends

    Profile Photo
    Mohinur
    @mohinur-abdurashidova
    Profile Photo
    gilfoyleee
    @gilfoyleee
    Profile Photo
    Dilshod
    @dilshod-himmatov
    Profile Photo
    Gulizora
    @gulizora
    Profile Photo
    Elbek
    @elbek

    About Me

    JAVOHIR NABIJONOV

    Yo'lga chiqqan va yo'ldan adashmaslikka urinayotgan oddiy bir odam. Profilimda : Filmlardan taqrizlar , o'qigan kitoblarimdan iqtiboslar va shaxsiy fikrlarimni ko'rishingiz mumkin.

    Media

    Groups