-
Hayot posted in the group Econo Sphere
Oʼquvchi oʼrni yetishmovchiligi 1,6 mln.dan oshib, 1,7 mln.ga yaqinlashgan
Kechagi matbuot anjumanidan yangragan raqamlardan kelib chiqilsa, Oʼzbekistonda maktablarda oʼquvchi oʼrni yetishmovchiligi 1,6 mln.dan oshib, 1,7 mln.ga yaqinlashgan. Maʼlumot uchun, oʼtgan oʼquv yili boshlanishi arafasidagi hisoblarda, oʼquvchi oʼrni yetishmovchiligi 1,5 mln.dan oshgan edi.
Аfsuski, Davlat rahbarining 2024 yilda 250 ming oʼquvchi oʼrni yaratish boʼyicha topshirigʼi yana bajarilmagan. Vazirga koʼra, bu yil 180 ming oʼquvchi oʼrni yaratiladi.
Аvvalroq, har yili 500 ming oʼquvchi oʼrni yaratishdek ulkan rejalar eʼlon qilingan, lekin bu rejalar Strategik vazifalar qatoriga qoʼshilmay qolgan.
Yana bir salbiy tendentsiya bu oʼquvchi oʼrinlari yaratishning qimmatlashib borayotgani bilan bogʼliq. Vazir oʼrinbosari keltirgan raaqmlarga ishonilsa. bir oʼquvchi oʼrni yaratish 29,5 mln soʼmdan 39,3 mln.soʼmgachani tashkil etadi (330 oʼrinli maktab 13 mlrd soʼmdan ortiq summaga, 528 oʼrinligi 18,5 mlrd soʼmga, 660 oʼrinli maktab 19,5 mlrd soʼmga tushadi).
Men sizlarga yana bir hisobni aytaman. Аytaylik, 4 mlrd.dollargacha qimmatlashtirilgan, boʼynigacha qarz va ziyonda boʼlgan GTL Uzbekistan oʼrniga maktablar qurilganida oʼquvchi oʼrinlari oʼrni yetishmasligi muammosi uzil-kesil hal qilingan boʼlardi.