-
Economy, Finance, Crypto, Marketing and PR posted in the group Econo Sphere
Pul massasi yettinchi oy ketma-ket oʼsmoqda
Аvgust oyi davomida keng maʼnodagi pul massasi (M2) 8,0 trln.soʼmga oʼsgan va 250,2 trln.soʼmga yetgan. Milliy valyutadagi pul massasi 8,2 trln.soʼmga koʼpaygan va qoldigʼi 195,2 trln.soʼmdan iborat boʼlgan. Yil/yil oʼsish surʼati M2 boʼyicha 21,7%ni, milliy valyutadagi pul massasi boʼyicha esa 23,5%ni tashkil etmoqda.
Pul massasi tarkibida chet el valyutasidagi depozitlardan tashqari barcha agregatlarda oʼsish qayd etilgan. Xususan, naqd pul massasi 1,6 trln.soʼmga oʼsib, qariyb 52 trln.soʼmga yetgan.
Vakillik hisobvaralqlarida mablagʼlar timsolidagi likvidlik oʼtgan oydagi majburiy rezervlarning qaytarilishidan keyingi oʼsishdan keyin yana 16,9 trln.soʼmgacha qisqargan (-1,6 trln.soʼm).