Profile Photo

Economy, Finance, Crypto, Marketing and PROffline

    • Profile picture of Economy, Finance, Crypto, Marketing and PR

      Economy, Finance, Crypto, Marketing and PR posted in the group Econo Sphere

      3 months ago

      Paxta uchun byudjetdan 3,5 trln.soʼm subsidiya ajratiladi

      Hukumat qarori bilan har bir tonna paxta xomashyosi uchun byudjetdan Qishloq xoʼjaligini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi orqali 1 mln.soʼm miqdorida subsidiya ajratilishi belgilanmoqda. Kutilayotgan 3,5 mln.tonna hosil inobatga olinsa, byudjetdan ajratiladigan subsidiya miqdori 3,5 trln.soʼmdan kam boʼlmaydi.

      Subsidiya paxta yetishtiruvchilar (yaʼni, asosan fermerlar) maxsus hisobvaragʼiga tushirib berilishiga qaramay, buni amalda davlatning shuncha imtiyozlariga qaramay, moliyaviy ahvoli yaxshilanmayotgan klasterlar uchun navbatdagi yordami deb hisoblash mumkin.

      Аfsuski, erkin bozor munosabatlariga oʼtish vazifasi ijrosi fermer va klasterning munosabatlariga davlatning aralashuvi tufayli kechikishda davom etadigan koʼrinadi. Buning yuklamasi, albatta, oxir oqibatda, oʼzi busiz ham muvozanati buzilgan byudjetga, yaʼni soliq toʼlovchilarga tushishi toʼxtayotgani yoʼq.

      Maʼlumot uchun, “Oʼzbekiston qishloq xoʼjaligida erkin bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 205-son farmon talablari asosida 2024 yil boshida fermerlar oʼz hududidagi klasterlar bilan fьyuchers shartnomasini tuzish orqali kelishuvlarga kirishishgan edi. Yil boshida paxta narxlari 7 800-8 000 soʼm atrofida shakllangan va bitimlar ham asosan shu narxlarda tuzilgan. Lekin hozirda paxta kotirovkalari 6 500-7 000 soʼmgacha pasayib ketgan. Klasterlar (ular hukumatga va hokimiyatlarga yaqin) yil boshidagi fьyuchers narxlaridan kelib chiqib, paxta sotib olishni istamay, qoʼshimcha kelishuvlar bilan paxta narxini tushirishga urinishmoqda. Shuning uchun yana davlat oʼrtaga tushib, fermer va klaster shartnomaviy munosabatlariga aralashishi holati yuzaga kelmoqda. Qoʼpol qilib aytganda, qaerda chiqqan boʼlsak, yana aylanib oʼsha joyga qaytdik.

      Endi savol, paxtaning narxi tushish oʼrniga, teskarisi, aytaylik, 10 000 soʼmgacha, koʼtarilib ketganida nima boʼlardi? Davlat fermerlarning tarafini olib, klasterlarga, toʼxta, shartnomaga oʼzgartirish kiritasan, kilosiga qoʼshimcha 2 000 soʼmdan fermerga toʼlaysan dermidi?

      Balki payti kelgandir, klasterlarni ham, fermerlarni ham erkin qoʼyvorish, tanlovda ham, narxlarda ham, moliyalashtirishda ham. Kuyadigani kuyishiga, sinadigani sinishiga yoʼl qoʼyib berish? Tushunishimiz kerakki, klasterlarni davlat tomonidan qoʼllashda (ayni vaqtda faoliyatiga aralashishda) davom etilayotgani ularni barqarorlashtirish oʼrniga yanada moʼrtlashtirmoqda. Juda koʼp zaif klasterlar baribir davlat yordam beradi, degan boqimanda kayfiyatga tushib boʼlmadimi?

      Xoʼp, bu yil ham bir amalladik deylik, kelasi yilga nima boʼladi? Bu yil yana xudo berib, oltin qimmatlashib, byudjetda pul topilipti (lekin shu pul taʼlimga yo meditsinaga ishlatilishi ham mumkin edi), kelasi yil topilmasa-chi?

      Ask from FriendSpace AI
      Profile PhotoProfile PhotoProfile Photo +2 liked this

    Friends

    Profile Photo
    Gafurjon
    @gafurjon
    Profile Photo
    Mashhurbek
    @mashhurbek-toshmuhammadov
    Profile Photo
    Shaun Patrick Griffin
    @shaungriffin
    Profile Photo
    Dilnoza
    @dilnoza
    Profile Photo
    Askarova.M
    @askarova-m

    About Me

    Economy, Finance, Crypto, Money

    Economist

    We share only the best information from the world of economy!

    Current news and the best informations about economy.

    Stay tuned!

    Media