-
Economy, Finance, Crypto, Marketing and PR posted in the group Econo Sphere
Neftь narxi 73 dollardan pastga tushdi, Oʼzbekistonda benzin va propan qimmatlashishda davom etadimi?
Brent tipidagi neftь narxi 10 oylik minimumlargacha arzonlab, 73 dollardan past narxda sotilmoqda. Lekin bu safar ham importi faqat bir manbaga, shimoldagi bosqinchilarga bogʼliq boʼlib qolgan Oʼzbekistonda benzin va propan arzonlashishini kutmaslik kerak boʼladi.
Oxirgi savdolarda 80 shiptir laqabli benzin 9,3 mln.soʼmdan, propan esa 8 mln.soʼmdan qimmat narxda oʼtkazilgan. Chakana savdoda 80 benzin 7800 soʼmgacha, propan esa 6500 soʼmgacha sotilmoqda.
Shimoldagilar bilan chatishib ketgan oligarxiya choʼntagini toʼldirayotgan qimmat yoqilgʼi Oʼzbekiston mahsulotlarining nafaqat uzoq bozorlardagi, Markaziy Osiyoning oʼzidayoq raqobatbardoshliligini yoʼqqa chiqarmoqda. Balki energetikadagi shaxmatchilarning rejasi oʼzi shunaqadir?