-
“Taqdir hazili yoxud qushdek yengil bo’ling”
Yangi yilni qanday kutib olsang shunday kuzatasan deyishadi. Do’stlar har yangi yilda hammomga borishni an’anaga aylantirib olishgan. Bu oddiy cho’milish emas, har birining uyida vannasi bo’lsa ham ular aynan yangi yil kunida hammomga borishardi, chunki u yerda o’tirib piva ichgancha hayot haqida ajoyib suhbatlar qursa bo’lardi. Hammomdan chiqqanlarga esa “qushdek yengil bo’ling” deyiladi.
Qahramonimiz Jenya vrach bo’lib ishlaydi, shunga qaramasdan hayotda o’ta tortinchoq, sodda va bo’shang yigit. O’ttizdan oshgan bo’lsa ham haligacha o’ziga mos juft topishga ulgurmagan. Bir qizni uchratib u bilan munosabat qurmoqchi bo’lyabdi, lekin negadir u haqiqiy sevgi emasdek. Ammo, u haqiqiy sevgini uchratdi va bu kuch uni o’zgartirib yubordi, u avvalgi lapashang Jenya emas, buni uning so’zlaridan ham bilish mumkin:
“O’zimni endi boshqacha his qilyabman, boshqa odam bo’lib boryabman, bir qadar dovyurak, bir qadar dadilroq. O’zimni shunday his qilyabmanki hozir hamma narsaga qodirman, qandaydir bir kuch vujudimda mudrab yotib endi jumbushga kelgandek”.
Do’stlardan biri Leningradga uchishi kerak, lekin hamma g’irt mast, aslida kim uchishi kerakligi esa hech kimning esida yo’q. To’rtovlon ichida ikkitasi qolgan sheriklariga nisbatan kamroq kayf bo’lganliklari sababli Leningradga kim uchishi haqida “mantiqan fikr” yuritishga harakat qilishadi, afsuski ichganda mantiq ham teskari ishlar ekan. Shunday qilib do’stlari Jenyani, Leningradga uchadigan samolyotga chiqarib yuborishadi. Jenya esa taksida o’z uyining manziliga yetib kelib, o’z kaliti bilan birovning uyiga kirib qolganini ham bilmaydi.
“Bizda juvonmardlik ruhi so’nyabdi. Biz mahbubalarimiz derazalariga tirmashmay qo’ydik, beg’araz tentakliklar qilishni butunlay unutib yubordik”.
Rejissiyor filmda Ippolit obrazi orqali biroz ramziylik va ajoyib falsafani ko’rsatib bergan deyish mumkin. Alamzada va zaharxandalik bilan aytgan so’zlari tomoshabinni chuqur o’yga solib qo’yishi hech gap emas. Ippolitning vaziyatini buyuk rus adibi Dostoyevskining so’zlari bilan shunday tasvirlash mumkin:
“Omading kelmaganidan keyin, hamma narsa ko’zingga be’mani bo’lib ko’rinarkan”.
Film komedik-romantika bo’lib, yangi yil ruhini go’zal ko’rsatib bergan deyish mumkin. Eng muhimi oila va do’stlar davrasida yoki bo’lmasam yolg’iz o’zingiz mazza qilib ko’rish uchun shubhasiz ajoyib tanlov!
Keyingi yangi yilda men ham, albatta hammomga boraman)
Filmni tomosha qilish (https://t.me/kinozone_uz)
Kinopoisk: 8.2/10
Shaxsiy reyting: 10/10