-
Economy, Finance, Crypto, Marketing and PR posted in the group Econo Sphere
Yiliga 2 trln.soʼm soliq toʼlaydi deyilgan Uzbekistan GTL yirik ishlab chiqaruvchi soliq toʼlovchilar roʼyxatida yoʼq
4 mlrd.dollargacha shishirilgan Uzbekistan GTL zavodini maʼqullatib olishda shonli energetiklar toʼqigan tezislardan biri zavod ishga tushsa, yiliga 2 trln.soʼm soliq toʼlaydi, degan afsona boʼlgan.
Xoʼsh, nima deb oʼylaysiz, Uzbekistan GTL qancha soliq toʼlayapti? 7 oylik maʼlumotga koʼra (https://t.me/fiskaltahlil/907), zavod ishlab chiqarish sohasidagi eng koʼp soliq toʼlagan TOP 20 roʼyxatiga kira olmagan. Roʼyxatdagi eng oxirgi soliq toʼlovchi 129,3 mlrd.soʼm soliq toʼlagani hisobga olinsa, demak, GTL zavod shu summadan ham kamroq soliq toʼlagan (5 oyda (https://t.me/fiskaltahlil/779) 101,0 mlrd.soʼm soliq toʼlangan). Solishtirish uchun, oʼtgan yilning shu davrida (https://t.me/fiskaltahlil/332) Uzbekistan GTL 254,5 mlrd.soʼm soliq toʼlagan.
Tasavvur qilishingiz uchun, oddiy Pepsi zavodi yoki Korzinka tarmogʼi kosmosdan koʼrinadigan deyiladigan (korruptsiya koʼlami boʼyicha ham kosmosdan koʼrinsa kerak) GTL zavoddan ancha koʼp soliq toʼlamoqda va shu ketishda Uzbekistan GTL uchun sovurilgan 4 mlrd.dollarni hech qursa soliqlar koʼrinishida qaytarish uchun 100 yil ham yetmaydi (bu hisobga qarz va kreditlarni qaytarish kirmaydi).
1 Comment
uzbekistan haqida ham qiziqarli ma’lumot